logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Manba: Arbeloa mavsum yakunida iste'foga chiqadi

 5 APREL, 2026, 23:18

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etadi, deb xabar bermoqda Diario AS nashri.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis faqatgina Chempionlar ligasida g'alaba qozonilgan taqdirda o'z lavozimini saqlab qolishi mumkin.

Mutaxassis «Real» boshqaruvini 12 yanvar kuni, Xabi Alonso iste'foga chiqarilganidan so'ng o'z qo'liga olgan edi.

Arbeloa 2009 yildan 2016 yilgacha «Real»ning asosiy jamoasida to'p surgan va barcha turnirlarda jami 238 ta o'yinda maydonga tushgan. «Qaymoqranglilar» bilan birgalikda u sakkizta sovrinni qo'lga kiritgan: ikki bor Chempionlar ligasida, bir martadan Ispaniya chempionati va Superkubogida, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida, shuningdek, ikki marta Ispaniya kubogida zafar quchgan. Shuningdek, ispaniyalik futbolchi «Liverpul» va «Vest Xem» klublari sharafini ham himoya qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ