logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bavariya» Noyerga o'rinbosar topdi

 5 APREL, 2026, 16:00

Myunxenning «Bavariya» klubi Manuel Noyerga uzoq muddatli o'rinbosar qidirmoqda. Germaniyalik darvozabonning klub bilan shartnomasi shu yozda o'z nihoyasiga etadi, qolaversa, Noyer yaqinda 40 yoshni qarshi oldi.

Manbalarning xabariga ko'ra, nemis klubi 23 yoshli niderlandiyalik darvozabon Bart Verbryuggen bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda. Qayd etilishicha, darvozabon uchun «Tottenxem» va «Nyukasl» klublari ham da'vogarlik qilmoqda.

Verbryuggen 2023 yildan beri «Brayton» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda golkiper APLda 31 ta o'yinda maydonga tushdi va ulardan 7 tasini gol o'tkazmasdan yakunladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ