logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Napoli» Konteni terma jamoaga qo'yib yuborishga tayyor

 5 APREL, 2026, 15:30

«Napoli» klubi bosh murabbiy Antonio Kontening Italiya terma jamoasiga o'tishiga to'sqinlik qilmaydi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Jennaro Gattuzo Italiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiqa olmaganidan so'ng o'z lavozimini tark etgan edi. La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, Konte milliy jamoada ishlash istagida va ushbu lavozimga asosiy nomzodlardan biri bo'lishi mumkin.

Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) mutaxassisning terma jamoada ishlash ishtiyoqidan xabardor, rahbariyat esa Antonioning jamoalardagi holatni qayta tiklash qobiliyatini yuqori baholaydi.

Hozirda Konte «Napoli»da katta hurmat va ishonchga ega, uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo'ljallangan. Biroq, bu uning terma jamoaga tayinlanishiga to'sqinlik qilmasligi taxmin qilinmoqda.

Neapol klubi prezidenti Aurelio De Laurentis Italiya Milliy olimpiya qo'mitasi sobiq prezidenti Jovanni Malagoning FIGC rahbarligiga nomzodini qo'llab-quvvatlashini bildirgan va murabbiyning tayinlanishi bo'yicha muloqotga tayyorligiga ishora qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ