Ronaldino Yamalni dunyoning eng zo'rlari qatoriga qo'shdi
5 APREL, 2026, 14:06
«Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi Ronaldino «blaugrana» vingeri Lamin Yamalni dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb atadi.
— Siz o'z vaqtida «Barselona»ning 10-raqamli libosini Messiga topshirgandingiz, endi esa u Yamalda. Sizningcha, «o'nlik» ishonchli qo'ldami?
— Shubhasiz. U dunyodagi eng zo'rlardan biri. Juda yosh bo'lsa-da, hozirning o'zidayoq aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirmoqda. Shunday ekan, libos ishonchli qo'llarda.
— Hozirgi «Barselona»ga qanday baho berasiz? U hali ham Evropadagi eng kuchli jamoalardan birimi?
— So'zsiz, u Evropadagi eng kuchli jamoalardan biri bo'lib qolmoqda. Biz doimo «Barsa»dan ajoyib natijalar kutamiz va unga umid qilamiz, — dedi Ronaldino.
