logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Brunu Ronalduning «MYu»ga qaytishini yodga oldi

 5 APREL, 2026, 13:18

«Manchester Yunayted» va Portugaliya terma jamoasi yulduz yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Saudiya Arabistoni chempionatida «An-Nasr» sharafini himoya qilayotgan hamyurti Krishtianu Ronalduga bo'lgan munosabati haqida gapirib berdi.

«Krishtianu men uchun namunadir. U «qizil iblislar» safida to'p surgan vaqtida «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan. Ronaldu klubga qaytgan kunni hamma eslab qoladi. Bu unutilmas lahza edi. O'shanda «Old Trafford»da ajoyib muhit hukm surgandi», — deya portugaliyalik futbolchining so'zlarini keltiradi ESPN.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu 2021 yilda «Manchester Yunayted»ga qaytgan edi. 2022 yilning noyabr oyida tomonlar o'zaro kelishuvga asosan hamkorlikni to'xtatishgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ