logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«PSJ» futbolchisi JCh-2026'da O'zbekistonga qarshi o'ynaydi. U Frantsiya o'rniga Kongo DRni tanladi

 5 APREL, 2026, 13:06

«Pari Sen-Jermen» yarim himoyachisi Senni Meyulyu xalqaro miqyosda qaysi terma jamoa sharafini himoya qilish borasida bir qarorga keldi.

19 yoshli futbolchi Kongo DR terma jamoasini tanladi, deb xabar bermoqda Topskills Sports UK. Istiqbolli xavbek Frantsiya terma jamoasidan joy olishga da'vogarlik qilishi mumkin edi, biroq u ota-onasining vatanini afzal ko'rdi. Tomonlar allaqachon kelishuvga erishishgan — endilikda o'yinchini Kongo milliy jamoasi qaydnomasiga kiritish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni rasmiylashtirish qoldi, xolos.

Yaqinda Kongo DR terma jamoasi o'tish o'yinlarida Yamaykani mag'lub etib (1:0), Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. JCh-2026 guruh bosqichida ular Portugaliya, Kolumbiya va O'zbekiston terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ