logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Lunin «Malorka»dan qabul qilingan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi

 5 APREL, 2026, 12:36

«Real»ning ukrainalik darvozaboni Andrey Lunin Ispaniya chempionati 30-turi doirasidagi «Malorka»ga qarshi safar o'yinida qayd etilgan sensatsion mag'lubiyatga izoh berdi. «Qaymoqranglilar» 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

«Bu biz kutgan natija emas. Ammo hali hammasi oldinda. «Real» oxirigacha kurashadi. Qo'llab-quvvatlaganliklari uchun barchaga rahmat», — deb yozib qoldirdi 27 yoshli posbon ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Ushbu mag'lubiyatdan so'ng Alvaro Arbeloa shogirdlari 69 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turishibdi. «Qirollik klubi» peshqadam «Barselona»dan etti ochkoga ortda qolmoqda.

La Liganing keyingi turida «Real» «Jirona»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ