logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xoland: «Chempionlar Ligasidan chiqib ketganimiz bizni xursand qilmaydi»

 5 APREL, 2026, 12:18

«Manchester Siti»ning norvegiyalik markaziy hujumchisi Erling Xoland jamoasining 2025/2026 yilgi mavsumdagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.

«Biz uchun mavsum unchalik barqaror kechmayapti. «Manchester Siti» Chempionlar Ligasidan chiqib ketdi, bu bizni albatta xursand qilmaydi. Ammo oldinda bizni boshqa o'yinlar kutmoqda», — deya skandinaviyalik to'purarning so'zlarini keltirmoqda ESPN.

So'nggi uchrashuvda Xosep Gvardiola shogirdlari o'z maydonida «Liverpul»ni 4:0 hisobida mag'lub etishdi. Ushbu g'alaba evaziga «shaharliklar» Angliya Kubogining yarim finaliga yo'l olishdi.

Premer-liga turnir jadvalida «Manchester Siti» ikkinchi o'rinni egallab turibdi va peshqadam «Arsenal»dan to'qqiz ochkoga ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ