logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Nukusda belbog'li kurash bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkazildi

 5 APREL, 2026, 12:16

1-4 aprel kunlari Nukus shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida belbog'li kurash bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionati bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Sport vazirligi hamda Belbog'li kurash federaciyasining yillik-taqvimidan o'rin olgan joriy yilning ilk bor tashkil etilgan mamlakat chempionatida 300 nafarga yaqin polvonlar ishtirok etdi. 


Musobaqaning birinchi kunida tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. Marosimda so'z olgan Qoraqalpog'iston Respublikasi sport vaziri Erkinbay Qutibaev, belbog'li kurash federaciyasi bosh kotibi Abduxalil Malikovlar sportchilarni qutlab, ularga omad tilashdi. 


Murosasiz o'tgan uch kunlik bellashuvlarda Muhammadyusuf Jakbaraliev, Jamoliddin Nematullaev, Abutolib Mahkamov, Zaylobiddin Ortiqov, Diyorbek Polvonboev, Sardorbek Sodiqjonov, Dilshodbek Oybekov, O'rinboy Abdusamatov, Gulsanam Solieva, Manzuraoy Mo'ydinova, Zemfira Azatova singari atletlar o'z vazn toifalarida g'oliblikni qo'lga kiritdi. Bellashuvlar yakunida kuchli uchlikdan  joy olgan polvonlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. 


Takidlash joiz, mazkur chempionat sportchilarni milliy terma jamoa safiga saralash vazifasini ham o'tab berdi.





Ilhom RAHMONOV tayyorladi


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ