logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Proliga. 1-turning 3 ta uchrashuvi professional translyatsiya qilinishi rejalashtirilgan

 5 APREL, 2026, 11:48

2026-yildan e'tiboran Proliga musobaqasini bosqichma-bosqich rivojlantirib borish ko'zda tutilgan. Bu yo'lda Liga dastlabki qadamlarni tashlaganligini qayd etish joiz.

Proliga musobaqasini televidenie orqali translyatsiya qilish masalasi muayyan telekanal bilan kelishilmagan. Sport ijodiy birlashmasi Superliga va O'zbekiston Kubogining ayrim uchrashuvlarini namoyish etish huquqini qo'lga kiritgan. Shundan kelib chiqib, Liga o'z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda Proliganing ayrim uchrashuvlarini o'z sahifalari orqali professional tarzda jonli ko'rsatishga harakat qiladi. Bunda ayrim noqulayliklar yoki uzilishlar yuzaga kelishi mumkin.

Dastlabki turdan joy olgan etti o'yindan uchtasini professional translyatsiya qilish rejalashtirilgan. Jumladan, «Qo'qon-1912» stadionida bo'lib o'tadigan «Yaypan» — «Metallurg», G'uzordagi «Sho'rtan» — «Olimpik Mobiuz» hamda «Bunyodkor» stadioni mezbonlik qiladigan «G'azalkent» — «BuxDU» bellashuvlari namoyish etiladi.

Ma'lumki, Liga musobaqalarni o'tkazish bilan bog'liq barcha jarayonlarni muvofiqlashtiradi. Ammo translyatsiyalar bilan bog'liq masala qo'shimcha resurslar talab etadi. Shuni inobatga olgan holda Proliga uchrashuvlaridan aynan qaysilari namoyish etib borilishi masalasi turma-tur rejalashtiriladi.


Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ