"CHendler yutqazsa, faoliyatini yakunlaydi" - UFC sobiq jangchisi
5 APREL, 2026, 10:48
UFC sobiq jangchisi CHeyl Sonnen Maykl CHendler va Maurisio Ruffi o'rtasidagi jang haqida fikr bildirdi."Agar CHendler Ruffiga yutqazsa, u faoliyatini yakunlaydi. Buning ehtimoli katta. Va bu to'liq uning qarori bo'lmasligi ham mumkin. CHendler 38 yoshda, u Paramount bilan hamkorlik qiladi va sharhlovchilar jamoasining bir qismi bo'ladi.
Agar u mag'lub bo'lsa, unga: "Gapni eshit, endi senda titul uchun imkoniyatlar yo'q”, deyishadi. Va ehtimol, u: “Haqiqatdan ham shunday”, deb javob beradi", — dedi Sonnen.
Eslatib o'tamiz, CHendler va Ruffi o'rtasidagi jang 14 iyun kuni Oq uy hududida bo'lib o'tadigan UFC Freedom 250 turniri doirasida o'tkaziladi.
Manba: olamsport.com
