logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

UFC Fight Night 272 turnirining bonus sohiblari malum

 5 APREL, 2026, 09:48

To'rt jangchi 100 000, yana to'rt nafari 25 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ega chiqdi.

Braziliyalik Alis Pereyra ikkinchi raundda Xeyli Kouenni tizza zarbasi bilan nokautga uchratib, nafaqat UFC`dagi birinchi g'alabasini qayd etdi, balki "Oqshom chiqishi" uchun 100 000 dollarlik chekni ham qo'lga kiritdi.

UFC Fight Night 272 turniri kardida braziliyalik Alessandro Kosta ham 100 ming dollarlik bonusga loyiq ko'rildi. U ikkinchi raundda avstraliyalik Styuart Nikolni tana qismiga bergan zarbasi evaziga taslim etdi. 

Tommi MakMillen va Manolo Zekkini o'rtasidagi to'qnashuv bugungi turnirning eng yaxshi jangi deb topildi. Har ikki jangchi 100 000 dollardan mukofot puli oladigan bo'ldi. 

SHuningdek, erta nokautli g'alaba mualliflari Renato Moykano, Abdul-Rahmon Yahyoev, Etin Yuing va Treshon Gorg 25 ming dollarlik chekka ega chiqishdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ