logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" APLda Saliba va Konatega muqobil variant topdi

 5 APREL, 2026, 09:12

Madridning «Real» klubi Angliya Premer-ligasidan yana bir markaziy himoyachiga xaridor bo'lmoqda.

«Qirollik klubi» Londonning «Arsenal» jamoasidan Vilyam Salibani hamda «Liverpul»dan Ibraima Konateni o'z safiga qo'shib olish urinishlaridan voz kechdi. Transfer News Live nashrining Defensa Central’ga tayanib xabar berishicha, «qaymoqranglilar»ning yangi nishoni «Kristal Pelas» sharafini himoya qilayotgan Maksans Lakrua bo'lib turibdi. Avvalroq frantsiyalik futbolchiga «Bavariya» va «Liverpul» klublari ham qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.

Mart oyida Lakrua Braziliyaga qarshi kechgan bahsda zaxiradan maydonga tushib, Frantsiya terma jamoasida debyut qildi. Transfermarkt ekspertlari futbolchining bozor qiymatini 40 mln evroga baholamoqda. 6 aprel kuni markaziy himoyachi 26 yoshni qarshi oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ