De Bryuyne Italiyaning JCh-2026 dan quruq qolganini «falokat» deb atadi
5 APREL, 2026, 08:36
Belgiyalik futbol sehrgari Kevin De Bryuyne Italiya terma jamoasining navbatdagi bor jahon chempionatiga chiqa olmagani — navbatdagi fiaskosi haqida o'z fikrini bildirdi.
«Menimcha, Evropada futbol darajasi o'sib bormoqda. Kichikroq jamoalar, kichik mamlakatlar terma jamoalari tobora tez-tez nomdor jamoalarga qarshilik ko'rsata olmoqda va munosib javob qaytarmoqda. Italiya uchun jahon chempionatida ketma-ket ishtirok etmaslik — bu haqiqiy falokat. Ammo endi hech narsani o'zgartirib bo'lmaydi», — deya belgiyalik futbolchining so'zlarini keltirmoqda calcionapoli1926.it.
Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi to'rt karra jahon chempioni hisoblanadi. Oxirgi marta ular yigirma yil avval — 2006 yilda oltin medallarni qo'lga kiritishgan edi.
