logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Shlotterbek «Borussiya Dortmund» bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralar haqida gapirdi

 5 APREL, 2026, 08:24

Dortmundning «Borussiya» klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek jamoa bilan yangi shartnoma imzolash borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Yaqinda «asalarilar» va 26 yoshli futbolchi o'rtasidagi muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yili o'z nihoyasiga etadi va Evropaning ko'plab grand jamoalari kelayotgan yozda futbolchini arzonroq narxda o'z safiga qo'shib olishga tayyor turishibdi.

«Men Lars Rikken va Ole Bok bilan yaxshi suhbat o'tkazdim. Muzokaralar kelasi haftada davom ettiriladi. O'ylaymanki, tez orada bir qarorga kelaman. Har doim aytganimdek, «Borussiya»da qolishni bemalol tasavvur qila olaman, biroq biz hamma narsani kelishib olishimiz kerak. Ko'ramiz, voqealar rivoji qanday tus olarkin», – deya jurnalist Florian Plettenberg Shlotterbekning intervyusidan iqtibos keltirmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ