logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Erling Xoland «Liverpul»ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etib, Xarri Keynning rekordini yangiladi

 4 APREL, 2026, 21:36

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland Angliya Kubogi chorak finali doirasida «Liverpul»ga qarshi kechgan bahsda (4:0) xet-trik qayd etdi.

Norvegiyalik futbolchi bitta penaltini aniq amalga oshirdi va ikki bor o'yindan gol urdi. Ushbu xet-trik Xoland uchun 2022 yil yozida «Manchester Siti»ga o'tganidan beri barcha turnirlardagi 12-si bo'ldi. Bu ushbu davr mobaynida kuchli beshlik ligalari futbolchilari orasidagi eng yaxshi natijadir.

Xoland bu ko'rsatkich bo'yicha «Bavariya» forvardi Xarri Keynni ortda qoldirdi. Keyn hisobida mazkur vaqt oralig'ida 11 ta xet-trik mavjud.

Joriy mavsumda Xoland barcha turnirlarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 33 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ