logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Siti» «Liverpul»ni tor-mor etib, Angliya Kubogi yarim finaliga chiqdi. Husanov to'liq va ishonchli o'yin o'tkazdi

 4 APREL, 2026, 18:42

«Manchester Siti» o'z maydonida Angliya Kubogi chorak finali doirasida «Liverpul»ni 4:0 hisobida mag'lub etdi.

«Shaharliklar» safida Erling Xolann xet-trik qayd etdi. Norvegiyalik hujumchi 39-daqiqada penaltini aniq amalga oshirgan bo'lsa, 45 va 57-daqiqalarda o'yindan gol urishga muvaffaq bo'ldi. Yana bir gol 50-daqiqada Antuan Semeno tomonidan kiritildi.

Uchrashuvning 64-daqiqasida «Liverpul» bitta javob to'pini kiritishi mumkin edi, biroq Muhammad Saloh penaltidan unumli foydalana olmadi.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov to'liq o'yin o'tkazdi.

Shu tariqa, «Manchester Siti» Angliya Kubogining ilk yarim finalchisiga aylandi.

Angliya Kubogi. 1/4 final
04.04.2026 | 16:45
«Etixad», Manchester

«MANChESTER SITI» — «LIVERPUL'» — 4:0

Gollar: Erling Xoland 39-pen (1:0), Erling Xoland 45 (2:0), Antuan Semeno 50 (3:0), Erling Xoland 57 (4:0).

Foydalanilmagan penalti: Muhammad Saloh 64 («Liverpul»).

«Manchester Siti»: Trafford, O`Rayli, Gexi, Abduqodir Husanov, Mateus Nunes, Bernardu Silva, Rodri (Gonsales, 62), Doku (Savio, 62), Sherki (Reynders, 71), Semeno (Foden, 71), Xolann (Marmush, 77).

«Liverpul»: Mamardashvili, Kerkez, van Deyk, Konate, Jo Gomes (Frimpong, 62), Kyortis Jons, Gravenberx (Makallister, 67), Florian Virts (Ngumoxa, 68), Dominik Soboslai, Ugo Ekitike (Gakpo, 68), Muhammad Saloh (Keza, 77).

Ogohlantirishlar: Rodri (34), Bernardu Silva (67) — Gravenberx (24), Kerkez (65).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ