Kiran Tripper «Nyukasl Yunayted»dan ketishini e'lon qildi
4 APREL, 2026, 17:48
Himoyachi Kiran Tripper joriy mavsum yakunida «Nyukasl Yunayted» klubini tark etishini ma'lum qildi.
«4,5 yildan so'ng ushbu ajoyib klubni tark etish vaqti keldi. Bu erda o'zimni uyimdagidek his qildim. Bu juda hissiy lahza va men bu erni chindan ham sog'inaman.
Muxlislarga rahmat, Eddi Xauga, murabbiylar shtabiga va ortida mehnat qiladigan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman. Murabbiy menga ikki marta ishonch bildirdi, bu buyuk klub sharafini himoya qilish va uning sardori bo'lish imkoniyatini berdi. Eng muhimi, biz sovrin yutishga muvaffaq bo'ldik», — dedi futbolchi.
Kiran Tripper «Nyukasl Yunayted» safida 157 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 29 ta golli uzatma amalga oshirdi. U jamoa bilan birga Angliya Liga kubogini qo'lga kiritgan.
