logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Uilson yozda top-klubga o'tishi mumkin

 4 APREL, 2026, 12:30

«Liverpul» va «Tottenxem» klublari «Fulxem» vingeri Garri Uilson uchun kurash olib borishadi.

Uelslik futbolchi shu yilning iyul oyidayoq erkin agentga aylanishi mumkin — uning «dala hovli egalari» bilan shartnomasi o'z nihoyasiga etmoqda. TEAMtalk nashrining xabariga ko'ra, «qizillar» va «shporlar» vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda va mavsumlar oralig'ida 29 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishga tayyor.

Garri Uilson — «Liverpul» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, biroq mersisaydliklarning asosiy jamoasida bor-yo'g'i ikki bor maydonga tushgan. Joriy mavsumda futbolchi «Fulxem» safida barcha turnirlarda 34 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga 11 ta gol va 7 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Mashhur Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 25 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ