logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» Reshfordga o'rinbosar qidirishni boshladi

 4 APREL, 2026, 12:18

«Barselona» Markus Reshfordning klubda qolishi maqsadga muvofiq ekanligiga shubha qilmoqda.

Kataloniya grandi ingliz futbolchisini joriy mavsum yakuniga qadar «Manchester Yunayted»dan ijaraga olgan edi. Avvalroq «ko'k-anorranglilar» futbolchini olib qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishi taxmin qilingandi, biroq so'nggi vaqtlarda vaziyat o'zgardi. Jurnalist Ferran Korreasning xabar berishicha, «Barselona» 28 yoshli futbolchining o'yinidagi pasayishdan xavotirda, shu sababli bozorda muqobil variantlarni qidirishni boshlagan.

Ma'lumki, yana bir muammo Reshfordning yuqori maoshi bilan bog'liq. Vingerning o'zi Kataloniyada qolishni istaydi, ammo katta ehtimol bilan o'z qadrdon klubiga qaytishga majbur bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ