Kvaratsxeliya «Manchester Yunayted»ning transfer maqsadiga aylandi
4 APREL, 2026, 11:12
«Pari Sen-Jermen» vingeri Xvicha Kvaratsxeliya hamon «Manchester Yunayted»ning qiziqishlar doirasida qolmoqda.
«Qizil iblislar» tarkibni qayta qurishni rejalashtirishgan va transferlar uchun katta mablag' sarflashga tayyor. MatchDay Central nashrining xabariga ko'ra, Kvaratsxeliyani sotib olish ingliz grandining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Tez orada mankunianliklar potentsial kelishuvni muhokama qilish uchun gruziyalik futbolchining vakillari bilan bog'lanishi kutilmoqda.
Transfermarkt portali Xvicha Kvaratsxeliyaning bozor qiymatini 90 million evroga baholamoqda. 25 yoshli o'yinchining «PSJ» bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Avvalroq, parijliklar yulduziga Londonning «Arsenal» klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
