Slot "Liverpul" Salohning o'rnini qanday to'ldirishi haqida javob berdi
4 APREL, 2026, 09:00
«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot hujumchi Muhammad Salohning o'rnini bosa oladigan futbolchi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Misrlik futbolchi mavsum yakunida klubni tark etishi o'tgan haftada ma'lum bo'lgan edi.
«Albatta, biz echim ustida ishlayapmiz. Lekin bu ish hozir boshlangani yo'q — biz doimo vaziyatni yaxshilash yo'llarini izlaymiz. Bu haqda kam gapiriladi, ammo Isak, Ekitike va Virts maydonda birgalikda atigi 88 daqiqa harakat qilishdi, shuning uchun avval joriy tarkibimiz imkoniyatlarini tushunib olishimiz kerak. Hech kim Salohning o'rnini to'g'ridan-to'g'ri bosa olmaydi. Muhammad — noyob futbolchi, u yagona», — dedi Slot matbuot anjumanida.
