logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kompani Maykl Oliseni Kevin de Bryuynega qiyosladi

 4 APREL, 2026, 08:42

Myunxenning «Bavariya» klubi ustozi Vensan Kompani jamoa a'zosi Maykl Olisening o'yinidan juda mamnun. U futbolchida Italiyaning «Napoli» klubi yulduzi Kevin de Bryuyne bilan tenglasha oladigan iqtidorni ko'rmoqda. Kompani Kevinni Belgiya terma jamoasidagi faoliyati orqali juda yaxshi biladi.

«Olisening o'yinini ko'rganimda, doim menda "dejavyu" hissi paydo bo'ladi. Uning to'pga zarba berishi, har ikkala oyog'ida aldamchi harakatlarni amalga oshirishi — bularning barchasi menga Kevinning o'yinini eslataveradi», — deya Kompanining so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it nashri.

Eslatib o'tamiz, frantsiyalik futbolchi 2024 yilda Myunxenning «Bavariya» klubiga ko'chib o'tgan edi. O'sha yili u Frantsiya terma jamoasida ham debyut qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ