Transfermarkt dunyoning eng qimmatbaho darvozabonlari reytingini yangiladi
4 APREL, 2026, 08:24
Transfermarkt portali dunyoning eng qimmat darvozabonlari yangilangan reytingini taqdim etdi.
Ro'yxatda birinchi o'rinni «Manchester Siti» posboni Janluidji Donnarumma (45 million evro) egalladi. Ikkinchi o'rinni esa Bart Verbryuggen («Brayton»), Joan Garsiya («Barselona»), Diogu Koshta («Portu») va Gregor Kobel («Borussiya» Dortmund) o'zaro bo'lishib olishdi (barchasi — 40 million evrodan).
Transfermarkt talqiniga ko'ra dunyoning eng qimmat 10 nafar darvozaboni:
Janluidji Donnarumma («Manchester Siti») — 45 mln evro;
Bart Verbryuggen («Brayton») — 40 mln evro;
Joan Garsiya («Barselona») — 40 mln evro;
Diogu Koshta («Portu») — 40 mln evro;
Gregor Kobel («Borussiya» Dortmund) — 40 mln evro;
Mile Svilar («Roma») — 35 mln evro;
David Rayya («Arsenal») — 35 mln evro;
Senne Lammens («Manchester Yunayted») — 30 mln evro;
Lyuka Shevale («PSJ») — 30 mln evro;
Georgiy Mamardashvili («Liverpul») — 28 mln evro.
