logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fabregas Italiyada oyning eng yaxshi murabbiyi bo'ldi

 3 APREL, 2026, 23:00

A Seriyada mart oyining eng yaxshi bosh murabbiyi aniqlandi — bu nomga «Komo» ustozi Sesk Fabregas loyiq ko'rildi. Bu haqda Italiya chempionati matbuot xizmati xabar bermoqda.

O'tgan oyda 38 yoshli ispaniyalik mutaxassis shogirdlari A Seriya doirasidagi uchta o'yinning barchasida g'alaba qozonishdi. Jamoa «Kalyari» (2:1), «Roma» (2:1) va «Piza» (5:0) jamoalaridan ustun keldi.

Ayni damda «Komo» Italiya chempionati turnir jadvalida to'rtinchi pog'onani egallab turibdi. 30 ta turdan so'ng Fabregas jamoasi hisobida 57 ochko mavjud.

Dushanba kuni, 6 aprel kuni «Komo» A Seriyaning 31-turi doirasida safarda «Udineze»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ