logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola Fodenning o'yinidagi pasayish borasidagi xavotirlarga javob berdi

 3 APREL, 2026, 22:36

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Kubogi doirasidagi «Liverpul»ga qarshi o'yin oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Gvardioladan hujumkor yarim himoyachi Fil Fodenning o'yinidagi pasayish uni xavotirga solayotgani haqida so'rashdi.

«Foden borasida xavotir? Aslo. Zarracha ham yo'q. U 25 yoshda, olti marta Premer-liga chempioni bo'lgan va yana ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan. Uning jamoa muvaffaqiyatlariga qo'shgan hissasi beqiyos. Hozir yuz berayotgan holat — juda ham uzoq davom etadigan faoliyatdagi tabiiy jarayon. Bu normal vaziyat. Qaysidir pallada u yana "o'ziga keladi" va avvalgi darajasiga qaytadi», — dedi Gvardiola.

«Manchester Siti» o'z maydonida Angliya Kubogi doirasida «Liverpul»ni qabul qilishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Uchrashuv 4 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:45 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ