logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Yana bir ingliz klubi Gonsalo Ramushga xaridor bo'lmoqda

 3 APREL, 2026, 20:54

«PSJ» markaziy hujumchisi Gonsalo Ramush «Nyukasl» klubining qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, «qarg'alar» bosh murabbiyi Eddi Xau portugaliyalik forvardni o'z jamoasi tarkibida ko'rishni istamoqda. «Nyukasl» allaqachon Parij klubi bilan bog'langan va transfer imkoniyatlarini muhokama qilishni boshlagan.

Shu bilan birga, avvalroq xabar berilganidek, Ramushga «Tottenxem» va «Manchester Yunayted» klublari ham da'vogarlik qilmoqda. Joriy mavsumda 24 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali Gonsalo Ramushning bozor qiymatini 35 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ