logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Boga A Seriyada mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

 3 APREL, 2026, 20:48

«Yuventus» qanot hujumchisi Jeremi Boga Italiya chempionatida mart oyining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Bu haqda A Seriya matbuot xizmati turnirning rasmiy saytida xabar berdi.

Ivuarlik forvard sovrin uchun kurashda quyidagi futbolchilarni ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi: Kinan Devis («Udineze»), Anastasios Duvikos («Komo»), Jovanni Simeone («Torino»), Evan N'Dika («Roma»), Straxinya Pavlovich («Milan»).

O'tgan oyda o'tkazilgan to'rtta o'yinda hujumchi 3 ta gol urishga erishdi. Eslatib o'tamiz, Jeremi Boga 2026 yilning qishidan beri Turin klubida ijara asosida to'p tepmoqda. Mavsum yakunida 29 yoshli futbolchi «Nitstsa» klubiga qaytadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ