logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Lyov Gana terma jamoasida ishlashi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

 3 APREL, 2026, 20:00

Germaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov 2026 yilgi jahon chempionati oldidan Gana terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqidagi xabarlarni inkor qildi. Eslatib o'tamiz, Gana 31 mart kuni o'z murabbiyi Otto Addoni iste'foga chiqargan edi.

"Gana terma jamoasidan hech kim men bilan rasman bog'langani yo'q", — dedi Lyov Sky Sport Germany nashriga bergan intervyusida.

Lyov 2006 yildan 2021 yilgacha Germaniya terma jamoasini boshqarib, ularni 2014 yilda Braziliyada o'tgan jahon chempionatida va 2017 yilgi Konfederatsiyalar kubogida g'alabaga etaklagan. U 2021 yilda iste'foga chiqqanidan beri biror jamoani boshqarmadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ