logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik Ispaniya o'yinida musulmonlarga qarshi aytilgan haqoratli qo'shiq haqida fikr bildirdi

 3 APREL, 2026, 18:30

«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik Barselonada bo'lib o'tgan Ispaniya va Misr terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda (0:0) yangragan «Kimki sakramasa, u musulmon» qabilidagi hayqiriqlar haqida o'z fikrini bildirdi.

O'yindan so'ng «Barsa» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal shunday deb yozgan edi: «Bu hayqiriqlar raqib jamoaga qaratilganini va shaxsan menga aloqador emasligini bilaman. Biroq men musulmon sifatida buni hurmatsizlik va mutlaqo qabul qilib bo'lmaydigan holat deb hisoblayman».

«Lamin ajoyib bayonot berdi. Futbol olamida biz hammani birdek qabul qilish tarafdorimiz. Bu juda mahzun holat va faqat bir hovuch ahmoqlargina buni tushunishmayapti.

Mulohaza yuritish va xatolarni tuzatish vaqti keldi. Nafaqat futbolda, balki hayotda ham irqchilikka o'rin yo'q. Gap hammamiz haqimizda, birdamlik haqida ketmoqda. Terimizning rangi, irqimiz yoki dinimizdan qat'i nazar, barchamiz hurmat qilinishni istaymiz.

Biz irqchilikni xohlamaymiz. Fikrlash tarzini o'zgartirish vaqti keldi», — dedi Flik.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ