Kulibali uchun poyga boshlandi
3 APREL, 2026, 18:24
Germaniyaning «Verder» klubi 18 yoshli markaziy himoyachisi Karim Kulibali bir qator xorijiy klublarning qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqlarida xabar bermoqda.
Romanoning ma'lumotiga ko'ra, yosh iste'dod egasi bilan shartnoma imzolash uchun boshlangan poygada Angliyaning «Nyukasl» klubi va yana 5 ta nomi oshkor etilmagan Evropa klublari ishtirok etmoqda. Futbolchi kelayotgan yozda jamoasini o'zgartirishi kutilmoqda.
Kulibali joriy mavsumda barcha klub musobaqalarida 22 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. U Bundesliga tarixida raqib darvozasini ishg'ol qilgan bremenliklarning eng yosh futbolchisiga aylandi. Transfermarkt talqiniga ko'ra, uning bozor qiymati 22 million evroni tashkil etadi.
