logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Luchesku juma kuni ikki marta yurak xurujini boshdan kechirdi - uni jonlantirishdi

 3 APREL, 2026, 16:18

Mircha Luchesku juma kuni ertalab yurak xurujini boshdan kechirdi. Ruminiyalik mutaxassis o'tgan haftada hushini yo'qotganidan so'ng shifoxonadan chiqishga tayyorlanayotgan edi, biroq kutilmaganda "pristup" sodir bo'ldi. Shifokorlar uch marta amalga oshirilgan reanimatsiya muolajalaridan so'ng 80 yoshli murabbiyning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo'lishdi.

Jurnalist Emanuel Roshuning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, tushga yaqin Luchesku ikkinchi bor yurak xurujiga uchragan. Shifokorlar murabbiyni yana hayotga qaytarishga erishishdi.

Mircha Luchesku 2016–2017 yillarda «Zenit» klubini boshqargan. Avvalroq ruminiyalik mutaxassis «Shaxtyor» murabbiylik lavozimida 12 yil faoliyat yuritgan edi. 2009 yilda «to'q sariq-qoralar» Luchesku qo'l ostida UEFA kubogida g'olib chiqishgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ