logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Chelsi" xavbeki Entso Madriddagi hayot haqidagi gaplaridan so'ng ikki o'yinga chetlatildi

 3 APREL, 2026, 16:00

"Chelsi" bosh murabbiyi Liem Rosenor yarim himoyachi Entso Fernandesning Madridda yashash istagi haqidagi gaplaridan so'ng, u ikki o'yinga jamoadan chetlatilganini ma'lum qildi. Avvalroq, argentinalik futbolchi "Real"da o'ynashni orzu qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shu tariqa, futbolchi Angliya Kubogi 1/4 finali doirasidagi "Port Veyl"ga qarshi va APLdagi "Manchester Siti" bilan bo'ladigan muhim bahslarni o'tkazib yuboradi.

"Men Entso bilan taxminan bir soat oldin gaplashdim. Klub, mening ishtirokimda, futbolchi ertangi o'yinda ham, kelasi yakshanba kuni "Manchester Siti"ga qarshi bahsda ham maydonga tushmasligi haqida qaror qabul qildi.

Entsoning bunday tarzda fikr bildirganidan hafsalam pir bo'ldi. Unga nisbatan yomon g'arazliligim yo'q, lekin u bizning madaniyatimiz va biz qurmoqchi bo'lgan loyiha nuqtai nazaridan chiziqni bosib o'tdi", — dedi Rosenor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ