logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mudrik to'rt yillik diskvalifikatsiyaga duch kelishi mumkin

 3 APREL, 2026, 15:06

"Chelsi" vingeri Mixail Mudrik doping ishi bo'yicha surishtiruvlar yakunida to'rt yilga futboldan chetlatilishi mumkin. Bu haqda Britaniya ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Shuni ta'kidlash kerakki, tergov davom etayotgan vaqtda ukrainalik futbolchi allaqachon futboldan chetlatilgan edi. U 16 oydan beri maydonga tushmayapti. Ushbu muddat umumiy to'rt yillik diskvalifikatsiyaning bir qismi sifatida hisobga olinishi mumkin. Agar bu jazo qo'llanilsa, Mudrik yana 32 oy chetlatish muddatini o'tashiga to'g'ri keladi.

Qayd etilishicha, "Chelsi" klubi hali ham futbolchining aybsizligiga ishonishda va uni qo'llab-quvvatlashda davom etmoqda. Agar Mudrik oqlansa, u darhol maydonga qaytish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ