logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Brunu Fernandesh APLda oyning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi va Ronalduning rekordini takrorladi

 3 APREL, 2026, 13:30

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh Premer-liganing mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi.

Portugaliyalik yarim himoyachi ushbu mukofotga faoliyati davomida oltinchi bor loyiq ko'rildi. UtdDistrict nashrining xabar berishicha, Fernandesh bu ko'rsatkich bo'yicha «MYu» klubi rekordini takrorladi: bungacha APLda oyning eng yaxshi futbolchisi deb faqat uning hamyurti Krishtianu Ronaldu olti marta tan olingan edi.

Liga rekordi esa Harri Keyn, Serxio Aguero va Muhammad Salohga tegishli bo'lib, ularning har birida ettitadan sovrin bor. Fernandesh va Ronaldu ulardan keyingi o'rinni «Liverpul» afsonasi Stiven Jerrard bilan bo'lishib turishibdi — Jerrard ham o'z vaqtida olti bor g'olib chiqqan.

Ma'lumot uchun, Brunu «qizil iblislar» safida 2020 yilning boshidan buyon to'p surib kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ