logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Kristal Pelas» Andoni Iraolani bosh murabbiy etib tayinlash fikridan qaytdi

 3 APREL, 2026, 11:48

«Kristal Pelas» rahbariyati ayni damda «Bornmut»da faoliyat yuritayotgan Andoni Iraolani bosh murabbiylikka taklif qilish fikridan voz kechdi. Bu haqda Sky Sports telekanali jurnalistlari xabar bermoqda.

«Burgutlar» Iraolani 2025/2026 yilgi mavsum yakunida jamoani tark etishi kutilayotgan Oliver Glasnerning asosiy vorisi sifatida ko'rayotgan edi. Biroq «Kristal Pelas»ning ushbu rejasi amalga oshishi amrimahol, chunki Andoni «olchalar» bilan yangi shartnoma imzolash niyatida. Yakuniy qaror joriy mavsum tugaganidan keyin qabul qilinadi.

Iraola «Bornmut» boshqaruvini 2023 yilning yozida qo'lga olgan edi. 43 yoshli ispaniyalik mutaxassisning ingliz klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirida nihoyasiga etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ