logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Ayaks" La Ligadan murabbiy topdi

 3 APREL, 2026, 09:12

Niderlandiyaning «Ayaks» klubi jamoa boshqaruvini ispaniyalik mutaxassisga topshirmoqchi. Taniqli jurnalist Matteo Morettoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Erediviziya grandi Michel bilan shartnoma imzolash bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Ushbu mutaxassis 2021 yil yozidan beri «Jirona» klubida faoliyat yuritib kelmoqda.

Yaqindagina Michel o'zini «Manchester Siti» bosh murabbiyi sifatida ko'rayotgani haqida gapirgan edi. Avvalroq matbuotda Michel «shaharliklar» boshqaruvida Xosep Gvardiolaning o'rnini egallashi mumkinligi haqida yozilgandi.

Hozirda «Ayaks» Niderlandiya chempionati turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Michel boshqarayotgan «Jirona» esa La Liga jadvalining 13-pog'onasidan joy olgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ