"Atletiko" va "Tottenxem" bir futbolchi uchun kurash olib boradi
3 APREL, 2026, 08:54
«Milan» klubining chap qanot himoyachisi Pervis Estupinyan Madridning «Atletiko» klubi qiziqishlari doirasiga tushdi.
Ekvadorlik futbolchi o'tgan yilning yozida Angliyaning «Brayton» klubidan ko'chib o'tganidan so'ng Italiyada o'zini ko'rsata olmadi. Jurnalist Ekrem Konurning ma'lumot berishicha, 28 yoshli o'yinchini «matraschilar» kuzatib borishmoqda, shuningdek, lateralni sotib olish imkoniyatini «Tottenxem» ham ko'rib chiqmoqda.
Pervis Estupinyanning o'tgan yilgi transferi «Milan»ga 17 million evroga tushgan edi. Hozirda esa Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 14 million evroga baholamoqda. Taxminlarga ko'ra, himoyachi etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani sababli «rossoneri» safini mamnuniyat bilan tark etadi.
