Mbappe Frantsiya terma jamoasidan ketmoqchi bo'lganini aytib berdi
3 APREL, 2026, 05:30
Frantsiya terma jamoasi va «Real» hujumchisi Kilian Mbappe Evro-2020 turnirining 1/8 finalida Shveytsariyaga qarshi o'yindagi (3:3, pen. — 4:5) amalga oshirilmagan penaltidan so'ng nimalarni boshdan kechirganini so'zlab berdi.
«Men Frantsiya terma jamoasidan ketmoqchi edim. Men uchun Frantsiya terma jamoasi ustuvor vazifalar ro'yxatida juda-juda yuqorida turardi, ammo penaltida adashganim zahoti ko'pchilik meni "maymun" deb haqoratlay boshladi. O'shanda o'zimga savol berdim: "Men maydonda mana shu insonlar uchun kurashyapmanmi?". Men katta tushkunlikka tushib qoldim, chunki terma jamoadagi birinchi turnirim 2018 yilgi Jahon chempionati edi — men unda g'olib chiqqandim va juda yosh bo'lishimga qaramay, milliy qahramonga aylangandim. Keyingi turnirda esa seni shunchaki loyga qorishtirishdi. Bu juda og'ir edi», — dedi Mbappe The Bridge YouTube-shousida.
Shuningdek, u Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti oldiga borib, boshqa terma jamoada o'ynashni istamasligini ochiq aytganini qo'shimcha qildi. Biroq javoban: «Sen haqiqatan ham seni shunday ketishingga yo'l qo'yaman deb o'ylaysanmi?» — degan so'zlarni eshitgan.
Hozirda 27 yoshli Kilian Frantsiya terma jamoasi sardori hisoblanadi. U milliy jamoa safida 96 ta o'yin o'tkazib, 56 ta gol urdi va 40 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Olive Jiruning terma jamoadagi gollar bo'yicha rekordini yangilashi uchun unga atigi bitta gol qoldi.
