logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Yamal bu futbolchini «Barselona»dan ketishiga yo'l qo'ymaydi

 3 APREL, 2026, 05:18

Vinger Lamin Yamal «Barselona»da alohida maqomga ega bo'lib bormoqda. El Nacional nashrining xabar berishicha, Yamal Lionel Messidan nafaqat 10-raqamni, balki klubning sportga oid qarorlariga ta'sir o'tkazish qobiliyatini ham meros qilib olgan.

Manbaga ko'ra, Yamal klub sport direktori Deku va prezident Joan Laportaga himoyachi Alexandro Baldening jamoadan ketishini istamasligini ma'lum qilgan. «Barselona» Baldeni sotish imkoniyatlarini ko'rib chiqayotgan edi, biroq Yamalning so'zlari vaziyatni o'zgartirishi kutilmoqda.

Ta'kidlanishicha, o'z vaqtida Messi ham «Barselona»dagi bir nechta yaqin do'stlarini transferdan saqlab qolgan edi. Yamal o'z kumirining yo'lidan borib, Baldeni himoya qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ