logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» va «Chelsi» Entso Fernandesning narxi borasida kelisha olmayapti

 3 APREL, 2026, 05:18

«Chelsi» yarim himoyachisi Entso Fernandes Madridning «Real» klubi uchun transfer maqsadi bo'lib turibdi.

Ko'plab mish-mishlarga ko'ra, argentinalik futbolchining o'zi «qirollik klubi»ga o'tishni istamoqda va yaqinda bunga ishora ham qilib o'tdi. Guardian nashrining ma'lumotlariga ko'ra, «Chelsi»da hamma ham yarim himoyachining o'yinidan hayratda emas: ba'zilar uning ketishi jamoa uchun falokat bo'lmasligini ta'kidlamoqda. Shunga qaramay, londonliklar 25 yoshli o'yinchi uchun katta miqdorda mablag' talab qilishadi. «Real» esa so'ralayotgan 100 million funt sterling (taxminan 115 million evro) miqdoridagi mablag'ni to'lash niyatida emas.

Entso Fernandesning «Chelsi» bilan shartnomasi 2032 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 90 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ