Bastoni va «Barselona» kelishuvga erishdi
3 APREL, 2026, 05:12
Milanning «Inter» klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni «Barselona»ga o'tishga rozilik berdi.
Mashhur insayder Matteo Morettoning xabar berishicha, italiyalik futbolchi «ko'k-anorranglilar» safida to'p surish istiqbolidan mamnun. Tomonlar hali shartnoma tafsilotlarini kelishib olishlari kerak, biroq «neradzurrilar» himoyachisi transferga og'zaki rozilik berib bo'lgan.
Agar Bastonining o'zi o'tish bo'yicha faol talab qo'ysa, ushbu transfer «Barselona»ga 60 mln evro va bonuslarga tushishi taxmin qilinmoqda. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 70 mln evroga baholagan, uning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi esa 2028 yilgacha mo'ljallangan.
