logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Messi terma jamoadan qaytgach, «Inter Mayami»da alohida rejimda shug'ullanmoqda

 2 APREL, 2026, 22:36

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi jamoaning to'liq mashg'ulotini o'tkazmadi. Jurnalist Xose Armandoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Messi boshqa futbolchilar bilan birgalikda mini-o'yinlarda ishtirok etishdan bosh tortgan.

Yaqin vaqt ichida «Inter Mayami» bosh murabbiyi Xaver Maskerano Messi nima sababdan mashg'ulotni oxirigacha etkazmaganiga oydinlik kiritishi kerak. Ehtimol, Leo terma jamoadan qaytganidan so'ng shunchaki yuklamani kamaytirishi lozim bo'lgandir.

Shuningdek, mashg'ulot yakunida Messi «Inter Mayami» rahbarlaridan biri — Xorxe Mas bilan suhbatlashgan.

Hozirda «Inter Mayami» MLS Sharqiy konferentsiyasi turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ