logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Messi JCh-2026 da ishtirok etmasligi mumkin

 2 APREL, 2026, 22:24

Jahon chempionati boshlanishiga bor-yo'g'i 70 kun qoldi. Bo'lajak mundialda Argentina terma jamoasi amaldagi chempion sifatida o'z unvonini himoya qiladi.

El Chiringuito ko'rsatuvida Lionel Messining Jahon chempionatidagi ishtiroki so'roq ostida ekanligi haqida ma'lumot berildi. Argentinada Messining mundialga borishi kafolatlanmagan degan fikrlar paydo bo'lmoqda.

Avvalroq matbuotda Messi faqat jismoniy jihatdan 100 foiz tayyor bo'lgan taqdirdagina Jahon chempionatida qatnashishi haqida yozilgan edi.

2026 yilgi Jahon chempionatining guruh bosqichida Argentina terma jamoasi Jazoir, Avstriya va Iordaniyaga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o'tamiz, Lionel Messi klub darajasida AQShning «Inter Mayami» jamoasida to'p suradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ