logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bundesliganing mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

 2 APREL, 2026, 22:24

Germaniya Bundesligasida mart oyining eng yaxshi futbolchisi tanlandi — ushbu nomga «Shtutgart» markaziy hujumchisi Deniz Undav loyiq ko'rildi. Tegishli ma'lumot Germaniya chempionatining rasmiy saytida e'lon qilindi.

29 yoshli forvard ovoz berish jarayonida besh nafar nomzodni ortda qoldirdi. Ular: Yan Diomande («RB Leyptsig»), Paul Nebel («Maynts»), Xennes Berens («Xaydenxaym»), Igor Matanovich («Frayburg») va Konstantinos Kulerakis («Volfsburg»).

O'tgan oyda Deniz Undav Bundesliga doirasida to'rtta uchrashuvda ishtirok etib, o'z hisobiga beshta gol yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Germaniya chempionatining 27 turidan so'ng «Shtutgart» 53 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ