logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Luchesku yarim asrlik murabbiylik faoliyatiga nuqta qo'yadigan bo'ldi

 2 APREL, 2026, 17:18

Ruminiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mircha Luchesku milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

80 yoshli mutaxassis o'zini yomon his qilib, shifoxonaga yotqizilganidan so'ng bu haqda yaqinlariga ma'lum qilgan. Luchesku terma jamoa saralash bosqichida qo'yilgan vazifani bajara olmagani sababli Bratislavada Slovakiyaga qarshi bo'lib o'tadigan o'yindan so'ng lavozimini tark etishi kutilayotgan edi. Biroq sog'lig'idagi muammolar tufayli u jamoa bilan birga o'yinga yo'l ololmadi.

Shu tariqa, afsonaviy murabbiy qariyb yarim asr davom etgan faoliyatini yakunlamoqda. U o'z faoliyati davomida 35 ta sovrin yutib, futbol tarixidagi eng ko'p titulga ega mutaxassislardan biriga aylangan edi.

Luchesku Evropaning qator klublari, jumladan, Donetskning «Shaxtyor», Kievning «Dinamo», Turkiyaning «Galatasaroy» va «Beshiktosh» hamda Milanning «Inter» jamoalaridagi faoliyati bilan mashhur.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ