logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Luis Enrike Fabian Ruisning holati haqida ma'lumot berdi

 2 APREL, 2026, 16:48

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa yarim himoyachisi Fabian Ruisning sog'lig'i borasidagi so'nggi ma'lumotlarni ochiqladi. Ispaniyalik futbolchi tizzasidagi jarohatdan so'ng tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.

Ertaga bo'lib o'tadigan «Tuluza»ga qarshi bahs oldidan Luis Enrike Ruisning maydonga tushish imkoniyatlari haqida to'xtalib o'tdi:

«Ertangi o'yinga kimlar tayyor ekanligini bilish uchun bugun oqshomdagi mashg'ulotlarni kutishimiz kerak. Fabianga kelsak, unda ijobiy siljish bor, ahvoli yaxshilanmoqda. Biroq baribir kichik shubha saqlanib qolgan. Bunday jarohatlarda ma'lum vaqt kutish tabiiy hol. Uning safga qaytayotgani — ajoyib yangilik, lekin biz biroz kutishimiz kerak».

Shunday qilib, ispaniyalik yarim himoyachining Liga 1 doirasidagi ertangi bahsda ishtirok etishi so'roq ostida turibdi. Tibbiy shtab futbolchining sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymaslik uchun uni qaydnomaga kiritmasligi ham mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ