Italiya terma jamoasi "Milan" murabbiyini olib ketishi mumkin
2 APREL, 2026, 15:00
JCh-2026 saralashidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng, Italiya terma jamoasi bosh murabbiy Jennaro Gattuzo bilan xayrlashadi. Bu haqda Evropa ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Insayder Nikolo Skiraning ma'lumotlariga ko'ra, "skuadra adzurra" ustozi lavozimiga asosiy nomzod sifatida Massimiliano Allegri ko'rilmoqda. Hozirda ushbu mutaxassis "Milan" klubini boshqarmoqda.
Shuningdek, avvalroq Federatsiyaning qisqa ro'yxatidan (short-list) Antonio Konte va Roberto Manchini joy olgani haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o'tamiz, JCh-2026 yo'lidagi hal qiluvchi bahsda Italiya terma jamoasi Bosniya va Gertsegovinaga imkoniyatni boy berdi (1:1, penaltilar bo'yicha 1:4). Shu tariqa, italiyaliklar ketma-ket uchinchi bor mundialni o'tkazib yuborishadi.
