logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Tottenxem» ham Gonsalu Ramush uchun kurashga qo'shildi

 2 APREL, 2026, 13:06

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Gonsalu Ramush Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin.

Portugaliyalik futbolchiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda, shuningdek, da'vogarlar qatorida «Nyukasl» va «Chelsi» klublari ham tilga olingan. Insayder Ekrem Konurning ma'lumotlariga ko'ra, 24 yoshli futbolchining transfer uchun ochiqligi haqida «Tottenxem» ham xabardor qilingan. Hujumchi asosiy tarkibda muntazam maydonga tushishni istagani sababli, kelayotgan yozda «PSJ»ni tark etishga tayyor.

Transfermarkt portalining baholashiga ko'ra, Gonsalu Ramushning bozor qiymati 35 mln evroni tashkil etadi. Joriy mavsumda futbolchi Luis Enrike jamoasi safida 38 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va ikkita samarali uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ