logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Keyn Angliya terma jamoasida jarohatlandi

 2 APREL, 2026, 12:36

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Angliya terma jamoasi ixtiyorida jarohat oldi.

Jarohati sababli 32 yoshli futbolchi «uch sherlar»ning Yaponiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yubordi. Sky Sport jurnalistlarining ma'lumotlariga ko'ra, ayni damda barcha belgilar hujumchining shanba kuni Bundesliga doirasida bo'lib o'tadigan «Frayburg»ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishini ko'rsatmoqda. Futbolchi hamon to'pig'idagi muammolardan aziyat chekmoqda.

«Bavariya» Keynning 7 aprelga belgilangan Madridning «Real» klubiga qarshi dastlabki o'yingacha tiklanishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Hozircha futbolchi jarohatini davolab, «Santyago Bernabeu»dagi to'qnashuvda ishtirok etishga ulguradimi yoki yo'qmi, noma'lum bo'lib qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ